1 sentabr kuni soat taxminan 19.30larda Olmaliq şahar “1-Qatortol” köçasida istiqomat qiluvçi V.U.ni tanişlari N.T., Ş.M., D.B. va A.B. öz uyi oldida urib, tan jarohati yetkazişgan. Bu haqda KUN.UZ’ga Olmaliq Şahar IIB TI va ATB xabar berdi.
10 sentabr kuni keçki soat taxminan 02.30larda fuqaro B.A. fuqaro Ş.U.bilan özaro janjallaşib qolgan. Jahl ustida B.A. fuqaro Ş.U.ga ötkir tiğli jism bilan qasddan tan jarohati yetkazadi. Natijada Ş.U. markaziy şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.
Yana şunday muştumzörlik holati Ipak yöli köçasida ham sodir etilgan. Fuqaro S.A. R.D.ni urib, unga tan jarohati yetkazgan.
Sud tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, fuqaro R.D.ning olgan jarohati soğliqni qisqa muddatga buzilişiga olib kelgan yengil tan jarohati turiga kirişi bildirilgan.











