«Yuventus» darvozaboni Janluidji Buffon uçun 2017/18 yilgi mavsum katta ehtimol bilan uning faoliyatidagi söngisi böladi. Unda kelajagi borasida bir qança variantlar paydo bölgan, deya xabar bermoqda Tuttosport.

Manba bergan xabarga köra, mavsum yakuniga yetgaç, 39 yoşli italiyalik futbolçi  hozirgi klubida, Italiya futbol federatsiyasi yoki FIFAda iş boşlaşi mumkin. Agar Buffon «Yuventus» strukturasida qoladigan bölsa, klub direktorlar kengaşidagi lavozimlardan birini egallaydi. Italiya futbol Federatsiya milliy terma jamoaning taşkiliy masalalari böyiça lavozimga tayinlaşni istayotgan bölsa, FIFA rahbari Janni Infantino Janluidjini futbolni rivojlantiriş böyiça örinbosari sifatida taklif qilgan.

Bundan taşqari Buffonda faoliyatini MLS — AQŞ çempionatida davom ettiriş imkoniyati ham mavjud. Şimoliy Amerika klublari içida unga qiziqayotganlar orasida Buffonning sobiq jamoadoşi Andrea Pirlo töp surayotgan «Nyu-York Siti jamoasi nomi ham  tilga olingan.