Hindiston harbiy-havo kuçlari aviatsiyasi marşali Arjan Singx 99 yoşida vafot etdi, deb xabar berdi Hindiston boş vaziri Narendra Modi tvitterda.
“Mening barça öylarim buyuk harbiy va ajoyib inson, HHK aviatsiyasi marşali Arjan Singxning oilasi va uning vafotidan köz yoş tökayotganlar bilan birgadir. Oxiratingiz obod bölsin”, deb yozgan Modi.
Modining qöşimça qilişiça, “Hindiston 1965 yilda, Pokistonga qarşi uruş vaqtida Singxning ajoyib qömondonlik qilganini heç qaçon unutmaydi”.
Hindiston OAV ma'lumotlariga köra, Singx şifoxonada vafot etgan.

















