«Napoli» Italiya çempionatining 4-turida «Beneveto»ni yirik hisobda mağlub etdi - 6:0.

Mezbonlarning gollariga Markes Allan (3-daqiqa), Lorentso Insine (15-), Dris Mertens (27, 65, 90-daqiqada penaltidan) va Xose Kallejon (32) muallif bölişdi.

Neapolitanlar jamoasi endi «Yuventus» va «Inter» kabi 12 oçko jamğargan, ammo töplar nisbati ustunligi evaziga turnir jadvalida peşqadam. Bu jamoaning bugungi raqibi esa 4 öyinning barçasida mağlub bölgan holda turnir jadvalida oxirgi örinda qolmoqda.

Keyingi turda «Napoli» 20 sentabr kuni «Latsio» maydoniga safar qiladi, «Benevento» şu kuni «Roma»ni qabul qiladi.

«Sassuolo» amaldagi çempion «Yuventus»ni qabul qildi.

Uçraşuvda mehmonlarning argentinalik yulduzi Paulo Dibala het-trikka erişib jamoasining ğalabasini ta'minladi. «Sassuolo» Dibalaning gollariga Politanoning birgina goli bilan javob qaytara oldi, xolos.

Uşbu ğalabadan keyin «Yuventus» hisobidagi oçkolari sonini 12taga yetkazib oldi va töplar nisbatidagi farq sabab «Inter»ni quvib ötgan. «Sassuolo» esa bir oçko bilan 17-poğonani band etib turibdi.

Italiya çempionati, 4-tur

Napoli – Benevento 6:0
Gollar: 1:0 – 3 Allan, 2:0 – 15 Insine, 3:0 – 27 Mertens, 4:0 – 32 Kallejon, 5:0 – 65, penalti Mertens, 6:0 – 90, penalti Mertens.
Napoli – Reyna, Albiol, Xyusay, Kulibali, Ğulom, Hamşik, Allan (Rog, 74), Insine (Jakkerini, 58), Jorjino, Kallejon (Una, 66), Mertens.
Benevento – Belets, Venuti, Di Kyara, Antey (Letitsia, 32), Lazaar, Çibsa, Viola, Luçoni, Koda, Armenteros (Kataldi, 55), Lombardi (Paridjini, 77).
Ogohlantiriş: Letitsia (37).

Sassuolo – Yuventus 1:3 (0:1)
Gollar: Politano (51) – Dibala (16, 49, 51).
Sassuolo: Konsili, Letsxert, Kannavaro, Adjapong, Açerbi, Sensi, Matstsitelli (Dankan, 58), Politano (Raguza, 64), Manyanelli (Matri, 78), Lirola, Falçinelli.