AQŞ Kubadagi elçixonasining bir qator xodimlari akustik hujumga uçragandan keyin elçixonani yopiş masalasini örganmoqda. Bu haqda AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson ma'lum qilgan.
Tillersonning CBS telekanaliga intervyusi vaqtida boşlovçi bir qator senatorlarning uşbu hujumlar sababli Kubadagi elçixonani yopiş çaqiriğiga izoh berişni söragan.
“Biz bu masalani örganmoqdamiz. Bu jiddiy masala, çunki bir qator xodimlarimiz ta'sirga uçraganlar”, deb aytgan Tillerson.
AQŞ davlat departamentining fikriça, AQŞning Gavanadagi elçixonasi xodimlari maxsus qurilmalar vositasida “akustik hujum”ga uçraganlar. CBS News telekanalining tibbiy ekspertiza ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilişiça, Kubadagi amerikalik va kanadalik diplomatlarga “yengil boş miya jarohati” taşxisi qöyilgan.
Bundan taşqari, akustik hujumga uçragan diplomatlar eşitiş qobiliyatini qisman yöqotiş hamda nutq va xotira bilan boğliq muammolardan aziyat çekmoqdalar. Bu haqda The Guardian naşri yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, AQŞ elçixonasining kamida 21 xodimi ba'zi sözlarni unutişni boşlaşgan hamda e'tiborni jamlaş bilan jiddiy muammolarni his qilmoqdalar. Ma'lum qilinişiça, diplomatlarga hujum ötgan yil noyabridan olib borilgan. Gavana esa bunga aloqasi yöqligini ta'kidlab kelmoqda.












