Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika va zoologiya instituti negizida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti taşkil etildi. Bu Prezidentning 4 sentabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

Qayd etilişiça, bunday qaror «botanika va zoologiya sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş, respublika ösimlik va hayvonot olami bioxilma-xilligini saqlaş, zamonaviy fan va iqtisodiyot tarmoqlarining talablaridan kelib çiqqan holda botanika va zoologiyaning alohida yönalişlarini rivojlantiriş, şuningdek, ösimlik va hayvonot olamini örganiş hamda muhofaza qiliş borasidagi maxsus vazifalar yeçimini tezlaştiriş maqsadida» qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va ösimliklar eksperimental biologiyasi institutining «Ğöza sistematikasi va introduktsiyasi» laboratoriyasi, «Ğöza genofondi» noyob obekti va issiqxona kompleksi Botanika instituti tasarrufiga ötkazildi.

Ta'kidlanişiça, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Fan va texnologiyalar agentligi bir oy muddatda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tugatilayotgan Botanika va zoologiya institutining ilmiy-texnik loyihalari, asbob-uskunalari, moddiy boyliklari va boşqa mol-mulklari, jumladan, avtoransport vositalari va yoqilği-moylaş materiallari limitlarining inventarizatsiyasini taşkil etib ularni Botanika instituti va Zoologiya institutiga ötkazadi.