Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQŞ rahbari Donald Trampga minnatdorçilik bildirdi. Qayd etilişiça, bunga Trampning Venesuela hukumati va mamlakat muxolifati örtasidagi muloqotni qöllab-quvvatlagani sabab bölgan, deb xabar qilmoqda El Nacional.
«Men prezident Donald Trampga milliy muloqotni qöllab-quvvatlagani uçun minnatdorçilik bildiraman», - dedi Maduro davlat televideniyesi efirida.
Şuningdek, u mamlakatdagi siyosiy muloqotning xalqaro hamjamiyat tomonidan qöllab-quvvatlanişi muhim ekanini ta'kidlab ötgan.
Avvalroq Maduro muxolifat bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli, deb atagandi.

















