AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inni Raketa-odam deb atadi. Trampning bu haqdagi xabari uning tvitterdagi akkauntida paydo böldi.
“Keça Janubiy Koreya prezidenti Mun bilan gaplaşdim. Undan Raketa-odam qanday yurganini söradim. Şimoliy Koreyada yonilğiga uzun navbatlar kuzatilayotganmiş. Yomon bölibdi-da!”, deb yozgan Tramp.
Oq uyning ma'lum qilişiça, ikki yetakçi telefon orqali suhbatda Şimoliy Koreyaning Yaponiya ustidan uçib ötgan raketasini muhokama qilişgan.
“Ikki yetakçi Şimoliy Koreya hattoki BMT Pxenyan tomondan takrorlanayotgan iğvolarni jiddiy tarzda qoralagandan keyin ham jahon hamjamiyatiga çaqiriq taşlaşni davom ettirayotganini qayd etişgan”, deb aytilgan “RIA Novosti” axborot agentligi olgan xabarda.
OAV ma'lumotlariga köra, Şimoliy Koreyada benzinga navbatlar BMTning yangi sanksiyalari e'lon qilingandan keyin yuzaga kelgan.











