Sönggi paytda kişilar köp vaqtini ötirgan holda, kunini ortiqça jismoniy harakatlarsiz ötkazişga odatlanib qoldi. Bunga avvalo, zamonaviy ofis iş tartibi hamda iş stolida işlaşning bir neça qulayliklari sabab bölayotgan bölsa, texnologik inqiloblar «ötiriş» jarayonini tezlaştirib yubordi. Negaki, xodim endilikda poçtaga çopib çiqişi, murojaatlar böyiça uzoq yöl yurişi şart emas, hattoki, tuşlikni ham iş joyiga buyurtma qiliş mumkin. Buning uçun birgina kompyuter siçqonçasining harakati yetarli.
Bir neça yillar davomida ta'kidlab kelinganidek, uzoq vaqt ötirib işlaş soğliq uçun ziyon, demoqçi emasmiz, balki u öta xavfli jarayonga aylanib ulgurdi. Bir guruh nemis olimlarining tadqiqotlari natijasi şuni körsatadiki, kun davomidagi harakatsizlik yurak kasalliklari, diabet, ösimta dardini paydo qilişidan taşqari, inson ölimiga sababçi bölişi mumkin. Bu xulosa sport bilan şuğullanib kelgan «ötiruvçi»ga ham tegişli ekanini unutmaslik lozim. Şuning uçun, zamonaviy qaraş bilan aytsak, harakatsizlik yoki ötiriş - zamonaviy çekiş turi.
Bu örinda kişining soğliğiga putur yetişi neça soat ötirib işlaganiga emas, balki tanaffuslar çoğida harakatlanişi, qadam taşlab, maşqlar bajarişiga boğliq. Kelib çiqişi Janubiy Amerikadan bölgan 12 ming nafar 40 yoş atrofidagi erkak va ayol qatnaşgan kuzatuvlar çoğida bu masalaga yanada oydinlik kiritildi. Xulosa yuqoridagi nazariyani isbotlab bera oldi.
Nyu-Yorkdagi Kolumbiya Universiteti xodimi Keyt Diazning Circulation maxsus jurnaliga aytişiça, bir sutkada 10 soatga yaqin harakatsiz, örindiqda ötirib işlagan xodim, agar u har 30 daqiqada tanaffus olmasa, organizmida insulin garmoniga javob beriş susayadi. Xalqçil qilib aytganda, ötirgan sari qon tarkibi qandga boyib boradi. Qand kasalligini keltirib çiqarayotgan uzoq vaqt harakatsiz ötiriş va glyukoza metabolizmining buzilişini heç qanday sport, uyqu, töğri ovqatlaniş ham «töğrilab» keta olmaydi.
Muntazam ofisda işlaydigan xodimlar bunday xavfdan qanday qutulişi mumkin? Remşeyd kardiologi, şifokor Gerbert Lyollgenning aytişiça, maslahat öşa-öşa, özgarmaydi: 30 daqiqadan oşmay, tanaffus qiliş va harakatlaniş kerak.
Masalan, ofisda harakatlanişni köpaytiriş uçun sun'iy ravişda printerni bitta örnatiş, içimlik, sovutkiçni burçakka qöyiş maqsadga muvofiq böladi. Iş kunida mayda xaridlar uçun çiqib-keliş ham foydali. Ayrim nemis şifokorlari esa dori-darmon örniga bemorga harakatlaniş zarurligi qayd etilgan yöriqnoma yozib berişi odatiy holga aylanib bormoqda.











