Germaniyada ötgan haftada ikki gol şov-şuvga aylandi. Avvaliga ikkinçi bundesligada «Bohum» futbolçisi Feliks Bastians «Darmştadt» bilan uçraşuvda öziga qöpollik işlatilmaganini aytib, hakamni penaltini bekor qilişga köndirib, raqib futbolçilari va muxlislarning olqişlariga sazovor bölgandi. U yil feyr-pleylaridan birini körsatib berdi.
Bundesliganing uçinçi divizionida esa qoidalar boşqaçaroq bölib çiqmoqda. Kamida «Karl Tseyss» hujumçisi Soren Ayssman uçun.
«Karl Tseyss» va «Meppen» jamoalari öyinidagi vaziyatlardan birida ikki jamoa futbolçilari töqnaşuvi natijasida mezbonlar futbolçisi jarohat olib, yotib qoladi. Mehmonlar futbolçilari bu vaqtda öyinni töxtatişib, jarohatlangan futbolçiga yordam körsatilişini kutişadi, ammo Aysmann himoyaçilar harakatsiz qolganidan foydalanib, töpni egallab oldinga yuguradi va darvozani işğol etadi.
Tortişuvlardan keyin gol hisobga olinadi, «Karl Tseyss» futbolçilari va Ayssman bu golni nişonlaşadi, öyin yakunida Aysman ikkinçi golni ham urgan.
«Men ular nega ğazablanişganini tuşunmayapman, men axir futbolçi yiqilib yotganini körmagandim», – deya özini oqlaşga harakat qilgan öyindan keyin Aysmann.
Mehmonlar jamoasi murabbiyi vaziyatni izohlaşga tili ojiz ekani, mezbon jamoa vakili bölganida bu epizod bilan ğururlana olmagan bölişini aytgan.











