AQŞ senati 2018 moliya yilida harbiy xarajatlarga 700 mlrd dollar ajratişni ma'qulladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga köra, tegişli qonun loyihasini qabul qiliş uçun 89 senator ovoz bergan, 8 senator qarşi çiqqan. 

Qonun loyihasi Şimoliy Koreya raketa sinovlariga javoban AQŞ raketa hujumiga qarşi mudofaasini kengaytirişni közda tutadi. Şuningdek, mablağlar harbiylarga maoş tölaşga sarflanadi.