BMT insonparvarlik taşkilotlari Myanmadan Bangladeşning Koks bozor mintaqasiga kirib kelayotgan rohingya musulmonlariga gumanitar yordamlarni faollaştirdi. BMT qoçqinlar masalalari böyiça oliy komissarligi boşqarmasi bu yerdagi faoliyatini kuçaytirişda davom etmoqda. Gumanitar taşkilotlar ma'lumotlariga köra, 25 avgustdan buyon Bangladeşga kelganlar soni 421 mingdan ortgan. Ularning soni har kuni 20 ming kişiga ortmoqda. Umuman, mamlakatda 600 mingga yaqin rohingyalar bor.
BMT qoçqinlar masalalari böyiça oliy komissarligi boşqarmasi matbuot kotibi Duni Aslam Xonning aytişiça, agentlik xodimlari Koks Bozor yaqinidagi Kutupalong qoçqinlar lagerini kengaytiriş ustida iş olib bormoqda.
Bangladeş hukumati şu maqsadda 810 gektar yer maydoni ajratgan. Bu yana 150 ming qoçqinni joylaştiriş imkonini beradi. Aslam Xonning qayd etişiça, yangi kelganlar sovqotişdan aziyat çekmoqda. Şu bilan birga köp sonli insonlar bir joyda turib qolişi oqibatida turli kasalliklar kelib çiqişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Şu bilan birga, uning qöşimça qilişiça, Bangladeş hukumati qoçqinlarni biometrik röyxatdan ötkaza boşlagan.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ham qoçqinlarga tibbiy yordam beriş böyiça faol işlarni amalga oşirmoqda. Şifokorlar va tibbiy yordam körsatişni moliyalaştiriş maqsadida moliyaviy mablağlar ajratgan.
"Sönggi kunlarda JSST Bangladeş soğliqni saqlaş vazirligi bilan hamkorlikda 6 oylikdan 15 yoşgaça bölgan bolalarni ommaviy ravişda qizamiq, qizilça va qoqşolga qarşi emlaş böyiça iş olib borayapti", — degan JSST matbuot kotibi Fadela Çaib. Uning sözlariga köra, Koks Bozorga yetib kelgan 380 mingdan ortiq qoçqin töyib ovqatlanmaslik, suv, ruhiy muammolar va jarohatlar tufayli turli kasalliklardan aziyat çekmoqda.












