Bugun, 19 sentabr kuni AQŞning Nyu-York şahridagi BMT Boş qarorgohida ötkazilişi rejalaştirilgan BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasi öz işini boşlaydi. Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mahalliy vaqt bilan tuşdan söng BMT minbarida nutq sözlaşi kutilmoqda.

Mamlakat rahbari Polşa prezidenti Andrej Duda, Misr prezidenti Abul Fattoh Al-Sisiydan söng 23-navbatda minbarga kötariladi. Şavkat Mirziyoyevning nutqidan söng, Armaniston, Kosta-Rika, Uganda, Şri-Lanka va umumiy hisobda 13ta davlat rahbarlari nutq sözlaşi rejalaştirilgan.

Mazkur yirik siyosiy tadbirda BMT faoliyatini isloh etiş, dunyo hamjamiyatining yangi rivojlaniş maqsadlari sari yakdil qadam taşlaşga kelişib oliş, terrorizm va separatizm körinişida harakatlarga barham kabi masalalarga töxtalib ötiladi.