Agar AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadroviy kelişuvdan voz keçsa, u holda bu Qöşma Ştatlarga "qimmat"ga tuşişi mumkin. BMT Boş assambleyasining 72-sessiyasida iştirok etiş uçun Nyu-Yorkka kelgan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy CNN telekanaliga bergan intervyusida şu haqida ma'lum qildi.
Ruhoniyning sözlariga köra, AQŞning kelişuvdan çiqişi qimmatga tuşadi. Eron prezidenti "amerikaliklar özlariga foyda keltirmaydigan narsa uçun bunday "baland narx" tölaşni istaşmaydi", deb hisoblaydi.
Uning aytişiça, agar AQŞ prezidentining ma'muriyati yadroviy kelişuvdan çiqsa, bu xalqaro hamjamiyatning Vaşingtonga bölgan işonçiga putur yetkazadi.
Ruhoniy Arakan ştatidagi voqealarga töxtalar ekan, rohingya-musulmonlarining ommaviy öldirilişi uçun Myanma hukumatini javobgarlikka tortiş kerakligini ta'kidladi.
Uning sözlariga köra, Arakan musulmonlariga gumanitar yordamni Myanmaga emas, Bangladeşga yöllaş kerak. Bunday yordam bugungi kunda Arakan musulmonlari yaşab kelayotgan qoçqinlar lagerlariga bevosita yetkazilişi kerak.












