Oslo okrug sudi 18 sentabrda korrupsiyada va Norvegiya hududidagi narkojinoyatlarga kömak berişda ayblangan sobiq politsiyaçi Erik Yyensenga nisbatan jinoiy iş böyiça hukm çiqardi. Hukmga köra, sobiq politsiyaçi Norvegiyada mumkin bölgan eng maksimal jazoga tortildi: u 21 yilga ozodlikdan mahrum etildi. 

Yyensen işi Norvegiya qirolligi politsiya xizmati tarixidagi eng yirik korruptsion mojarolardan biri böldi. Yyensen korrupsiyada gumon bilan 4 yil avval qölga olingan. Ayblov tomonining ta'kidlaşiça, politsiyaçi 10 yildan köproq vaqt davomida narkobaron Yyermund Kappelenga mamlakatga gaşişning yirik partiyalarini olib kirişda yordam bergan va bu “xizmatlari” uçun mömaygina pul olgan. 

Yyensenga qarşi narkobaronning özi körsatma bergan. Narkobaronning özi esa 15 yillik qamoq jazosiga tortilgan. Politsiyaçining özi barça ayblovlarni rad etgan va Kappelen axborot manbaigina bölganini ta'kidlagan. Yyensen dastlabki hibsda 111 kun ötkazgan.

Yyensen advokatlari uni barça ayblovlar böyiça oqlaşni talab qilişgan. Sudya hukmni eşittirayotib, uşbu işda aybni yumşatuvçi holatlar topilmaganini aytgan.