Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili öz tarafdorlari bilan uçraşiş maqsadida Kiyevga keldi. Saakaşvilining brifingi Kiyev markazidagi prezident ma'muriyatining binosi oldida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan şaroitda ötdi - politsiyaning yuzdan ortiq xodimi ma'muriyat binosi joylaşgan Bankovskiy köçasini tösib qöydi.
Ukraina prezidenti ma'muriyatidagi naqd pul ombori bor
Saakaşvilining ta'kidlaşiça, Ukraina prezidenti Petr Poroşenko ma'muriyati binosining birinçi qavatida naqd pul ombori mavjud.
"Ular (hukumat) pulni qanday arralaşgan bölsa, şunday arralaşda davom etaverişadi. Mana bu bino (prezident ma'muriyati binosi)ning birinçi qavatida naqd pullardan iborat butun boşli ombor bor. Keyingi safar öşa yerga borganingizda bir qiziqib köring. Bu u qadar katta sir emas", - dedi Saakaşvili seşanba kuni Kiyevdagi brifingda. Mahalliy ommaviy axborot vositalari şu haqida xabar berdi.
Saakaşvili 10 sentabr kuni tarafdorlarining qöllab-quvvatlaşlari ostida "Şegini" punktidagi çegara nazoratidan ötib, Polşadan Ukraina hududiga kirişga muvaffaq böldi. Unga nisbatan beş modda böyiça, şu jumladan odamlarni çegaradan noqonuniy ötkaziş va huquq-tartibot organlari xodimlariga qarşilik körsatişni taşkillaştirişga doir tergov işi qözğatilgan.

Saakaşvilining sözlariga köra, u çegarani kesib ötişda qonunni buzmagan va sudda özining Ukraina fuqarosi ekanini himoya qiliş niyatida. U huquq himoyaçilari tintuv paytida uning pasportini öğirlaganliklarini ta'kidlamoqda, biroq politsiya buni inkor etmoqda.
Saakaşvilining advokati Ukraina migratsiya xizmatiga öz himoyasi ostidagi şaxsning Ukrainadan Gruziyaga ekstraditsiya qilinişiga yöl qöymaslik maqsadida davlatning qöşimça himoyasiga muhtoj inson sifatida tan olişni sörab ariza bilan murojaat qilgan.
Saakaşvili Ukraina fuqaroligini tiklaş uçun kuraşmoqçi
Mixail Saakaşvili heç qanday hujjatlarga ega emasligi bois sudda Ukraina hukumatining uni fuqarolikdan mahrum qiliş töğrisidagi qaroriga e'tiroz bildira olmayotganini qayd etdi.



















