18-22 sentabr kunlari Toşkent şahrida bölib ötadigan ICTWEEK 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga start berildi. Bu haqda 18 sentabr kuni ICTWEEK 2017 haftaligi munosabati bilan taşkil etilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
2004 yildan boşlab ötkazib kelinayotgan ICTWEEK Uzbekistan Haftaligi doirasida axborot texnologiyalariga oid sammit hamda forum, 3 kunlik körgazma, şuningdek, ixtisoslaşgan tadbirlar, taqdimotlar, aksiyalar va muhokamalar soha islohotlarini sarhisob qiliş, xalqaro va mahalliy ekspertlar iştirokida natijalarni tahlil qiliş va istiqboldagi vazifalarni belgilab oliş, aholini soha yangiliklari bilan taniştirişda yirik voqea hisoblanadi.

20-21 sentabr kunlari ixtisoslaşgan mavzularga, mahorat darslari hamda guruhli muhokamalarga möljallangan ICT Forum – 2017 "Özekspomarkaz" MKM ning anjumanlar-zalida, quyidagi mavzularda taşkil qilinadi:
1-kun: “Egovernment Uzbekistan” – Özbekistonda "elektron hukumat" rivoji (9.30 – 13.30), “Moliya sohasida raqamlaştiriş” (14.00 – 18.00);
2-kun: “Axborot texnologiyalari infratuzilmasi” (9.30 – 13.30) hamda “Axborot xavfsizligi” (14.00 – 18.00) mavzulari muhokama qilinadi.
Şuningdek, 19-21 sentabr kunlari ICTEXPO 2017 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari körgazmasi bölib ötadi. Unda 70 ziyod kompaniyalarning stendlari namoyiş qilinadi.

Körgazmaning bu yilgi formati noan'anaviy, innovatsion bölişi kutilmoqda. Körgazma pavilonlari orasida madaniy-köngiloçar tadbirlar taşkil qilinadi. Jumladan, Cyber Games, startap loyihalar taqdimotlari, “RoboKidz” – robotlar namoyişi, demozona – yangi loyihalar namoyiş etiladigan hudud, 3D-zallar, şu bilan birga, interaktiv öyinlar uçun bölimlar mavjud böladi.

















