Ma'lumki, 26 sentabrdan 28 sentabrga qadar ICTEXPO-2018 yillik körgazmasi Toşkent şahrida va 26-27 sentabr kunlari ICTEXPO -2018 mintaqaviy körgazmasi Jizzax şahrida bölib ötadi.

ICTEXPO-2018 AKT körgazmasining asosiy maqsadi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasidagi yutuqlarni namoyiş etiş, ekspertlar hamjamiyati maydonini kengaytiriş hamda milliy bozorning sub'yektlarini, afzalliklarini,raqobatbardoşligini kuçaytiriş. Şuningdek, taklif va talabni qondirişga va qöşma taşabbuslarni kuçaytiriş uçun,IT-biznes va iste'molçilarning keng doira içida bevosita aloqalar örnatiş imkoniyatini beradi. 
Bu yil Toşkent şahrida, an'anaga köra, Körgazma 26-28 sentabr kunlari MKK "Özekspomarkaz"da bölib ötadi va birinçi ikki kun B2B formatida, uçinçi kuni esa B2C formatida ötkaziladi.

Jizzax şahridagi ICTEXPO -2018 mintaqaviy körgazmasi esa Istiqlol -12 köçasi manzili böyiça Olimpiya zaxiralari kollejida bölib ötadi. Şuningdek, ICTEXPO -2018 Körgazmasi doirasida nafaqat xususiy va qöşma korxonalar, balki xorijiy kompaniyalarning ham mahsulotlari va texnologiyalarining namoyiş etilişini qayd etib ötamiz.Toşkentdagi körgazmaning potensial va manfaatdor iştirokçilari 10 kv.m.dan ziyod körgazma maydonini uşbu tadbirning http://ictweek.uz/en/booking saytida onlayn tarzda bronlaşlari mumkinligi muhim va juda qulaydir, unda stendlar hamda ICTEXPO -2018 zaxiralangan iştirokçilari kiritilgan interfaol xaritaning sxemasi mavjuddir. Keyinçalik körgazmada iştirok etiş uçun ariza formasini yuklab oliş, şuningdek, röyxatdan ötkaziş qoidalari va iştirok etiş şartlari va tartibi bilan tanişib çiqiş lozim.

Körgazmaga ICTEXPO-2018 mehmoni sifatida taşrif buyuriş uçun www.ictweek.uz rasmiy saytida röyxatdan  ötiş va QR kodini oliş kerakligini alohida ta'kidlab ötmoqçimiz. Bu öz navbatida, röyxatdan ötkaziş va pavilonlarga ötiş uçun nomingizga beriladigan beydjikni oliş vaqtida vaqtingizni tejaş imkonini beradi, yoki har qanday taşrif buyurgan mehmonlar tadbir ötkaziladigan kuni röyxatga oliş joylaridan birida röyxatdan ötişlari mumkin.