Kompaniya dasturida: yangi xizmatlar taqdimoti, viktorinalar, DJ Piligrimning taşrifi va stend mehmonlari uçun kutilmagan sovğalar
26-,27- va 28-sentabr kunlari poytaxt “Özekspomarkaz“ida ICTEXPO körgazmasi bölib ötadi. ICTEXPO-2018 körgazmasi – bu mamlakatning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida erişgan yutuqlari namoyişidir. UZTELECOM har yili ICTEXPO körgazmasida iştirok etadi va har doim tadbirning texnik homiysi bölibgina qolmay, mahsulot va yutuqlarini namoyiş etiş bilan birga körgazma mehmonlari vaqtlarini maroqli ötkazişlarini kafolatlaydi. 2018-yil ham bundan istisno emas.
Körgazmaning birinçi va ikkinçi kunlari Kompaniya stendi samarali muzokaralar olib boriş, B2B formatida foydali bitimlar tuziş va aloqa örnatiş uçun qulay muhit yaratadi. An'anaga köra körgazmaning uçinçi kuni talabalar, kollej, litsey va maktab öquvçilari uçun: asosiy mavzu yoşlarning texnologiyalarga, kibersportga va IT sohasidagi ta'limga bölgan qiziqişini orttiriş böladi.
ICTEXPO-2018da kompaniya vakillari biznes hamkorlari va davlat kompaniyalari uçun UZTELECOMning yangi mahsulotlari taqdimotini namoyiş qiladilar. Xususan, Özbekistonda birinçi marta UZTELECOM masofadan abonentlarga xizmat körsatişning zamonaviy yeçimini taklif qiladi. “Masofaviy savdo ofisi“ pilot loyihasi abonentlarga odatiy savdo ofislaridan farqli ravişda masofada örnatilgan xizmat körsatiş şoxobçasi orqali UZTELECOM xizmatlariga ulaniş imkoniyatini beradi. “Yagona oyna“ tamoyili böyiça işlaydigan loyiha kompaniyaning xizmatlarini yanada qulayroq qiliş, navbatdagi kutiş vaqtini kamaytiriş va mijozlarga yuqori texnologiyalar orqali xizmat körsatişni ta'minlay oladi. Körgazma davomida yangi tizimni sinovdan ötkaziş va UZTELECOM xizmatlariga ulaniş uçun abonentdan pasport talab qilinadi.
27-sentabr kuni Pubstomp.uz loyihasi va uning yetakçilari Rustam Xaziahmedov va Uluğbek Baybekovlar kömagida UZTELECOM Cyber Football Cup-2018 bölib ötadi.
16 nafar professional futbolçi UZTELECOMdan esdalik sovğalar uçun jonlantirilgan maydonda bellaşadilar. Eng yaxşi sovrinlar Özbekiston kiberfutbol afsonasi, uç karra Özbekiston çempioni, xalqaro turnirlar ğolibi va Toşkentdagi kiberfutbol maktabi asosçisi Abdusapi Kayumov tomonidan taqdirlanadi.
28 sentabr kuni UZTELECOMning maxsus mehmoni DJ Piligrim tomonidan mehmonlar uçun sevimli xitlar va yangi taronalar yangraydi.
Körgazma faoliyatining 3-kuni davomida işçi pavilondan taşqarida mehmonlarni sovrinli tanlovlar va UZTELECOMdan viktorinalar kutmoqda, ğoliblarga Kompaniya tomonidan esdalik sovğalar taqdim etiladi. Şuningdek mehmonlar e'tiboriga “Ilhom” teatri aktyorlari tomonidan interaktiv taqdimot, Sergey Zlotnikovning “Double Touch“ jamoasi tomonidan qiziqarli şou-dastur va «Kök çoy» guruhidan musiqiy töplamlar havola etiladi. Işçi pavilon içida Kompaniya stendida moslaştirilgan «UZTELECOM» kafesi va Wi-Fi zonalar faoliyat yuritadi, har bir taşrif buyuruvçi issiq kofe va tezkor Internetdan bahramand bölişi mumkin.















