Birlaşgan Millatlar Taşkilotiga Özbekiston Respublikasining tuhfasi – Registon maydonining maketi topşirildi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Şu munosabat bilan ötkazilgan marosimda Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etdi va nutq sözladi. 

Tadbirda BMT Boş kotibi örinbosari Jyen Bigl, Boş Assambleya sessiyasiga kelgan diplomatlar, BMT axborot markazi xodimlari qatnaşdi. 

Foto: facebook.com/Xikmatulla Pulatov

Insoniyat sivilizatsiyasi beşiklaridan biri bölgan Özbekistonda ilm-fan, madaniyat, savdo, me'morlik, hunarmandlik azaldan rivojlangan. Buyuk ipak yölining markazida joylaşgan Samarqandda turli ölkalardan kelgan insonlar ahil-inoq yaşagan. Registon esa ana şunday qadimiy va umumbaşariy şaharning betakror ramziga aylangan. Majmua 2001 yilda YuNeSKOning Jahon merosi röyxatiga kiritilgan. 

Foto: ÖzA

Registon maydonining maketi yurtimizning qöli gul usta hunarmandlari tomonidan yasalgan bölib, qimmatbaho metall va gözal milliy naqşlar bilan bezatilgan. 

Özbekistonning "taşrif qoğozi" bölmiş uşbu eksponatning BMT ştab-kvartirasining eng gavjum joylaridan biriga, BMT Xavfsizlik kengaşi va Boş Assambleya zallari örtasidagi foyega örnatilganida öziga xos çuqur ramziy ma'no bor, dedi davlat rahbari. 

Foto: facebook.com/Xikmatulla Pulatov

BMT Boş kotibi örinbosari Jyen Bigl şunday gözal va teran mazmunga ega tuhfa uçun Şavkat Mirziyoyevga çuqur minnatdorlik bildirdi.