Vazirlar Mahkamasining 2.09.2017 yildagi 688-son “Yonğinlar profilaktikasi kunlarini ötkaziş va yonğin xavfsizligi çoralarini kuçaytiriş töğrisida”gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Eslatib ötamiz, Prezidentning 23.05.2017 yildagi PQ-2992-son qarori bilan haftaning har çorşanba kuni "Yonğinlar profilaktikasi kuni" deb e'lon qilingan, Qoraqalpoğiston Vazirlar Kengaşi va hokimliklar huzurida yonğin xavfsizligi böyiça komissiyalar taşkil etilgan, IIV Davlat yonğin xavfsizligi xizmatiga yonğinlar profilaktikasi kunlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça vazifalar yuklangan.
Hujjat yonğinga qarşi xavfsizlik sohasida profilaktika va nazorat tadbirlarini ötkaziş böyiça ijro etuvçi hokimiyat organlari, davlat va boşqaruv hokimiyati organlari, boşqa taşkilot rahbarlariga topşiriqlarni öz içiga oladi.
Bundan taşqari, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, XTV IIV bilan birgalikda ta'lim muassasalarida majburiy fan sifatida joriy etiş uçun yonğin xavfsizligi çoralarini qöllaş böyiça amaliy könikmalarni şakllantiriş va örgatiş böyiça maxsus dasturlarni 2 oy muddatda işlab çiqişlari hamda tasdiqlaşlari kerak.
Umumiy örta, örta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida taşkil etiladigan yoş öt öçiruvçilar drujinalari bilan işlaş uçun jamoat yöriqçilari tayyorlanadi. Ularning vazifasi bolalarni yonğin xavfsizligi çoralarini qöllaşga öqitiş, ularga kasb tanlaşga kömaklaşiş, yonğinga qarşi tarğibot işlarini muntazam ötkaziş va şu kabilardan iborat.
Bolalar yonğin xavfsizligiga öqitiladi
17:30 / 20.09.20177 0292 min











