Buyuk Britaniyada çop etiladigan obröli naşrlardan biri Financial Times gazetasi ma'lumotlariga köra, Tereza Meyning Brexit böyiça yetakçi maslahatçisi Oliver Robbins YeI qator mamlakatlari yetakçilarining devonini tovon tölaş masalasi hal etilişidan ogohlantirgan. Unga köra, Britaniya hukumati rahbari özining Florentsiyadagi Brexit masalasiga doir ma'ruzasida ayni mavzuga töxtaladi.
Öz navbatida, Germaniya kansleri Angela Merkel Britaniya hukumatidan bu mablağ kamida 20 mlrd yevro bölişi haqida ma'lumotga ega.
Şunga qaramay, YeI Buyuk Britaniya tomonidan ijro etilmagan majburiyatlar 100 mlrd yevro atrofidagi mablağni taşkil etişi mumkinligi haqida söz yuritib keladi. Biroq özaro qarz oldi-berdilari hisoblansa, tovon puli 60 mlrd yevroni taşkil etişi mumkin. Garçi London tomonidan aytilayotgan 20 mlrd yevrolik mablağ Bryussel kutganidan ançakam bölsa-da, Britaniya hukumati Brexit uçun YeIga qança tölaşni xohlayotganiga oydinlik kiritadi.
Naşr maqolasida ta'kidlanişiça, "Mey jamoasi bu taklif Bryussel bilan Brexit böyiça muzokaralarni boşi berk holatdan olib çiqişiga umid qilmoqda".












