Mercedes-Benz’ning norvegiyalik dilerlari EQ brendining elektr krossoveriga buyurtmalar olişni boşlaşdi. 

Hozirça maşina faqatgina Generation EQ Concept prototipi körinişida mavjud. Nemislar uni ötgan yil Parij avtosalonida namoyiş qilişgandi. Model konveyerga 2019 yilda qöyiladi va EQC modeli sifatida sotiladi. Maşinaning seriyali versiyasi kontseptning dizaynini saqlab qolişi taxmin qilinmoqda.

Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru

Norvegiya bejizga elektrokrossoverga buyurtmalar oliş boşlangan birinçi davlat bölmadi, bu davlatda "yaşil" modellar katta talabga ega. Mijoz buyurtma qoldirişi uçun 20019 kron miqdorida pul tölaşi lozim. Agar mijoz maşinani xarid qiliş istagidan qaytsa, unda tölangan pullar qaytarilib beriladi.

Foto: kolesa.ru

EQ’ning qolgan elektrokarlari kabi krossover yangi platformada quriladi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, krossoverning savdoga çiqariladigan versiyasi kontsept kabi kuç qurilmasi oladi. Generation EQ ikkita elektr motor va 70 kVt-soat siğimga ega litiy-ionli batareyalar bloki bilan jihozlangan. Dvigatellarning umumiy quvvati 408 ot kuçini beradi, yuriş zaxirasi esa 500 km ni taşkil qiladi. 

Foto: kolesa.ru
Foto: kolesa.ru

Krossoverdan keyin bozorga ehtimol elektr xetçbek çiqariladi. Uşbu modelning kontsepti EQA Frankfurt motor-şousi doirasida taqdim qilingandi. Daimler 2020 yilgaça kamida 10 ta elektr model sotişni rejalaştirmoqda.