«PSJ» hujumçisi Neymar Edinson Kavani sotib yuborilişini söramoqda. Bu haqda Sport.es naşri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga köra, braziliyalik hujumçi parijliklar prezidenti Nosir Al-Xalayfiyga özining urugvaylik futbolçi bilan bir-birini tuşunib öynaşlari heç qaçon bölmasligini tuşuntirgan.
Neymar «PSJ» yeçiniş xonasidagi asosiy yulduz ekanini yaxşi biladi, çunki aynan Al-Xalayfiy uni «Barselona»dan sotib olayotgan paytidayoq unga bu va'dani bergan.
Eslatib ötamiz, Fransiya çempionatining 6-turida «Lion»ga qarşi uçraşuvda ikki futbolçi örtasida tortişuv yuzaga kelgandi. Avvaliga urugvaylik futbolçi jarima zarbasini amalga oşirmoqçi bölganida, Dani Alves undan töpni olib qöygan va Neymarga olib bergandi. Keyinroq esa belgilangan penaltini Kavani amalga oşirmoqçi bölganida, Neymar bilan talaşgan, oxir-oqibat urugvaylik futbolçi zarba berib, «nuqta»da xatoga yöl qöygandi.












