«Mançester Yunayted»ning sobiq sardori Rio Ferdinand professional boks bilan şuğullanmoqçi ekanini ma'lum qildi. Butun futbol faoliyatida Terri Anri, Dide Drogba kabi hujumçilarni töxtatib qoliş bilan şuğullangan himoyaçi endi professional boksçilarga qarşi töqnaş keladi. Va uni e'tiborga oliş kerakki, bu qaror Rio Ferdinand uçun piar yoki özini eslatişga bölgan harakat emas.

Boks Rio uçun nafaqat sport karerasini davom ettiriş imkoniyati, balki, öziga yaraşa yupanç vazifasini ham ötadi, deyiş mumkin. Uning rafiqasi Rebekka rakka çalinib vafot etgaç, qahramonimiz uç bola bilan yolğiz qoldi.

Foto: BBC Sports

Rio Ferdinand – «Mançester Yunayted» va ingliz futboli tarixida eng yaxşi himoyaçilardan biri böldi. Olti karra Angliya çempioni, Moskvada bölib ötgan YeÇL finalida sardorlik boğiçida maydonda harakat qilgan, Angliya terma jamoasi sardori. Uning himoya markazidagi Nemanya Vidiç bilan tandemi 21-asrda Angliyadagi eng mustahkam himoya qörğoni deb tan olingandi.

2014 yilda u «Mançester Yunayted»ni tark etdi va bir yil «Kuinz Park Renjyers»da öynadi. U yerdagi mavsum muvaffaqiyatsiz keçdi, jamoa Premer Ligadagi öz örnini saqlab qololmadi. Mavsum tugaşiga bir oy qolganda esa, Rioning rafiqasi Rebekka kökrak rakidan vafot etdi. 2013 yilda muvaffaqiyatli operatsiya qilingan bölsa-da, Rebekkaning hayotini saqlab qola olişmadi.

Ferdinand uç bola bilan yolğiz qoldi. U hayotida ilk bor maişiy yumuşlarga öralaşib qoldi – bolalarni maktabga va maşğulotlarga olib boriş, ularga yeguliklar tayyorlab beriş, kiyimlarni tozalaş. Bu haqida Ferdinandning özi VVS tomonidan olingan xujjatli filmda sözlab berdi. Köp iça boşladi.

Ammo bolaligi qaşşoq mahallalarda ötib, «Mançester Yunayted»ning sardori darajasiga yetib bora olgan Rioning hayoti doim qiyinçiliklarni yengiş bilan ötgan – u bu safar ham özini tezda qölga ola bildi.

Hozir u Angliyaning maşhur sport telekanalida ekpertlik qiladi – u sobiq klubning har qanday öyinini muxlislarga tahlil qilib berişi, «Barselona» – «PSJ» öyinida penalti belgilagan hakamni böralab sökişi, futbolçilardan intervyu olişi mumkin. Ferdinand tvitterda ham, instagramda ham juda faol, u yerda öz hayotidan lavhalar bilan örtoqlaşadi, bolalarni qanday şuğullantirayotganini namoyiş qiladi.