Dunyoga öz suverenitetidan tinçlikni tarğib qiliş maqsadlarida foydalanayotgan kuçli mustaqil mamlakatlar koalitsiyasi zarur, dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp BMT Boş assambleyasining 72-sessiyasida çiqiş qilar ekan. 

"Bu hamkorlik va muvaffaqiyat asosidir. Kuçli, mustaqil millat mamlakatning turli qadriyatlar bilan rivojlanişiga imkon yaratadi. Turli madaniyatlar, turli orzular. Davlatlar şunçaki mavjud emas, ular bir-birini hurmat qilgan holda yelkama-yelka iş olib boradi. Kuçli mustaqil millatlardan iborat koalitsiya - muvaffaqiyat asosi", - dedi u. 

Şu örinda Tramp Qöşma Ştatlar hududiy ekspansiyaga emas, "özaro hamjihatlik va döstlik" sari intilayotganini ta'kidladi. 

"Biz nizo va kuraş emas, özaro hamjihatlik va döstlik tarafdorimiz. Bizni mafkura emas, natija qiziqtiradi. Biz umumiy maqsadlar, manfaatlar va qadriyatlarga asoslangan realizm siyosatini yuritmoqdamiz", - dedi Oq uy rahbari. 

Şuningdek Tramp Amerika öz qaraşlarini birovlarga tarğib qilmoqçi emasligi, şunçaki boşqalarga ibrat bölişni istaşini aytib ötdi.