Venesueladagi siyosiy beqarorlik, valyuta yetişmovçiligi va AQŞning yangi sanksiyalaridan keyin bolivar kursi yanada tezroq qadrsizlana boşladi. Mahalliy Dolartoday sayti ma'lumotlariga köra, hozir bolivarning qora bozordagi kursi yangi tarixiy minimumga yetgan - 1 dollarga 24,4 ming bolivar beriladi, rasmiy kurs esa 1 dollarga 11,3 ming bolivar hisoblanadi. 

Bolivar bir yilda 6,4 marta devalvatsiya qilindi, prezident Maduroning tört yillik boşqaruvi ostida esa - 4 ming martadan köp. 

Avgust oyida AQŞ Venesuelaga yangi sanksiyalar kiritdi, bunga Maduroning ommaviy norozilik namoyişlarini bosdi-bosdi qiliş uçun armiyani işga solgani sabab böldi. Endi Amerika kompaniyalarining Venesuelada çiqarilgan qimmatbaho qoğozlar va yangi veksellarni sotib olişi hamda PDVSA davlat neft kompaniyasi bilan şartnoma tuzişi taqiqlanadi. Bundan taşqari, Venesuela davlat sektori egalik qiluvçi qator qarz majburiyatlari bilan bitimlar, şuningdek Venesuela hukumati tomonidan dividendlar oliş taqiqlanadi. Bloomberg ma'lumotlariga köra, yirik Yevropa banklari ham mazkur taqiqlovlarga unsiz rioya qilişmoqda. 

Venesuela sanksiyalar va investitsiyalar yetişmovçiligi tufayli neft sohasidagi faoliyatini qöllab-quvvatlay olmaydi. Avgustda neft eksporti çorakka - kuniga 1,27 million barrelgaça tuşib ketdi.

Şu tariqa, mamlakat valyuta daromadlarining bir qismidan mahrum böldi, u şuning hisobiga oziq-ovqat mahsulotlarini import qilar edi. 

Venesuela Markaziy bankining taşqi qarzlar uçun xizmat qiluvçi, 120 milliard dollarlik zaxiralari sentabr oyida yangi minimumgaça pasaydi - 9,3 milliard dollar.

CNNMoney tahlilçisi Soiban Mordenning sözlariga köra, Venesuela defolti muqarrar.

Kredit-defolt svoplar bozori Venesuela defolti ehtimolini yaqin 12 oyda - 62 foizga, beş yilda esa - 95 foizga baholamoqda.