Amerikaning FlightWave Aerospace Systems texnologik startapi vodorodli yonilği elementlarida işlaydigan Jupiter-H2 dronining işlab çiqilgani haqida ma'lum qildi. U bunday hajmdagi boşqa uçuvçisiz qurilmalardan farqli ölaroq, ikki soatdan ortiq havoda parvoz qilişi mumkin, litiy akkumulyatorlarida işlaydigan dronlar esa taxminan yarim soat faoliyat körsatadi. 

Yonilğini saqlaş uçun dronning yuqori qismida 3 litrli vodorod baki mavjud. Vodorodli yonilği elementi 650 vatt quvvatga ega. Uçuvçisiz qurilma kuçi 1,3 kilogramm oğirlikdagi foydali yukni taşiy oladi. Jupiter-H2 dronidan poçtaçi sifatida foydalaniş uçun şuning özi yetarli. 

Hozirda yangi qurilma sinovdan ötkazilmoqda. Muvaffaqiyatli natijalarga erişilgan taqdirda 2018 yilda dronni seriyali işlab çiqariş yölga qöyiladi.