Farzand – uluğ ne'mat. Avlodlar davomçisi, şajara, naslu nasabning uzilmas riştasi bölmiş öğil-qizlarning taqdiri uçun avvalo, ota-ona mas'ul. Şu bois turmuş qurgan er-xotin tuğilgan dilbandini mehr bilan ulğaytirişi, uning orzu-öylari, kelajagi haqida qayğurişi şart. Bu mulohazalar ma'nan soğlom oilalar uçun uqtiriş şart bölmagan tabiiy hayot ehtiyojidir.
“Huquq” gazetasining yozişiça, ba'zi kimsalar farzand oldidagi burçi, otalik mas'uliyatini osonlik bilan unutadi. Özidan boşqaning taşvişi bilan işi bölmaydi. Kogon tumanidagi Xöçkab qişloğida yaşovçi fuqaro Alimardon Komilov (ism-familiyalar özgartirilgan) turmuş örtoği Zamira Xoliqova bilan örtalaridagi nikohdan 2009 yilda tuğilgan farzandining moddiy ta'minoti uçun fuqarolik işlari böyiça Kogon tuman sudi buyruğiga asosan har oylik iş haqidan aliment tölaşi kerak edi.
Afsuski, beparvo ota 2015 yilning yanvar oyidan 2016 yil noyabr oyiga qadar moddiy yordamga muhtoj, voyaga yetmagan öğli uçun aliment pullarini tölamay keldi.
Umumiy hisobda 5 million 123 ming söm miqdordagi alimentni qasddan tölamagan A.Komilov Özbekiston Respublikasi JKning tegişli moddasi bilan 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.











