Parijda yulduzlar uzoq vaqt çaraqlab turmaydi.
«PSJ»ning ikki futbolçisi Neymar va Edinson Kavani munosabatlari taranglaşişi voqeasi hafta mavzusiga aylandi. Avvaliga ikki futbolçi maydonda töpni talaşdi, öyindan keyin esa ular kiyim almaştiriş xonasida özaro muştlaşib ketişiga bir baxya qoldi. «PSJ» boş murabbiyi Unai Emeri vaziyatga aralaşmaslikni afzal kördi, klub prezidenti Nosir Al-Xalayfiy esa vaziyat jurnalistlar yozayotgani kabi tarang emasligini ma'lum qilib, OAVni töqimaçilikda aybladi. Keyinroq OAVda klub prezidenti bu vaziyatni futbolçilar bilan muhokama qilgani, Edinson Kavani jamoaning birinçi raqamli penaltiçisi, Neymar zaxira penaltiçi bölişi ma'lum qilindi. Lekin, bu muammo hal qilindi, degani emas. Neymar bunga osonlik bilan könmasligi aniq. Uning murakkab xarakteri haqida sobiq jamoadoşi Xavi ham şov-şuvli fikr bildirdi.
«Neymar «Santos»da jarima zarbalari va penaltilarni amalga oşirib örgangan. Şuning uçun har doim şu mas'uliyatni böyniga olişga intiladi. Esimda, u «Barselona»ga ötganida ham qiliq körsatgandi. «Real Sosedad»ga qarşi keçgan öyinda hakam jarima zarbasi belgiladi. Tabiiyki, töp oldiga Messi yaqinlaşdi. Şunda Neymar kelib töpni öziga berişni söradi. Messi esa murabbiy bu işni öziga topşirganini aytdi va jarima zarbasini golga aylantirdi. Neymar esa indamadi. Öylaşimça, agar Kavani ham penaltini golga aylantirganida heç narsa bölmasdi», dedi Xavi.
Edinson Kavani «PSJ»da oxirgi mavsumni ötkazmoqdami? Quyida bunga dastaklar keltiramiz.
№1. Standart vaziyatlar
Fransiya çempionatining navbatdagi turida «PSJ» va «Lion» örtasida röy bergan mojaroli vaziyat muammoning yuzaga çiqişi edi. Avtogollar va penalti vosita. Gap jamoa muhiti buzilganida.
Duşanba kuni mamlakatdagi asosiy sport naşri bölmiş L’Equipe gazetasi muqovasida bu öyindagi asosiy vaziyat, Neymar va Kavani penaltini kim tepişi böyiça bahslaşayotgani surati aks etgan, unga «Muvaffaqiyat uçun qimmat yöq» deya izoh berilgandi. Penalti golga aylanmadi, ammo uning ortidan haftaga tatigulik mojaro boşlandi.

Bu epizoddan oldinroq «Lion» darvozasi tomon jarima zarbasi belgilanganida Edinson Kavani zarbani amalga oşirişga çoğlangan, ammo klubning yangi futbolçilaridan biri Dani Alves töpni undan tortib olib, Neymarga berib yuborgandi. Öyindan keyin Alves töpni özi tepmoqçi bölib olgani, ammo Neymar undan olib ketganini aytdi, lekin tabiiyki bu gapga heç kim işonmadi.
















