«Yuventus» (Turin, Italiya) - «Liverpul» (Angliya)  1:0

29.05.1985. Bryussel. 60 000 tomoşabin

Hakam A. Dayna (Şveytsariya)

«Yuventus»: Takkoni, Favero, Kabrini, Bonini, Brio, Şirea, Briaşi(Prandelli,84), Tardelli, Rossi(Vinola,89), Platini, Bonek.

Murabbiy: Jovanni Trapattoni.

«Liverpul»: Grobbelar, Nil, Beglin, Lourenson(Gillespi,3), Nikol, Xansen, Dalgliş, Uilan, Raş, Uolş (Jonston,46), Uark.

Murabbiy: Jo Fegan.

Gol: Platini(57, penaltidan).

«Bugungi voqea Yevropa Çempionlar kubogiga barham bermaydi, ammo har qanday holatda ham futbol katta mağlubiyatga uçradi», - degandi UYeFA prezidenti Jak Jorj «Yuventus» klubiga Çempionlar Kubogini topşirayotib. Marosim juda oddiy şaroitda, aniqroği «Eyzel» stadionining turinliklar uçun ajratilgan yeçiniş xonasida bölib ötdi.

Sezdingiz, bugungi suhbat futbol tarixidagi eng qora va qonli kunlardan biri sifatida qayd etilgan, 1985 yilning 29 mayida bölib ötgan Çempionlar kubogining yubiley 30-finali, «Yuventus» va «Liverpul» örtasidagi uçraşuvi oldidan bölib ötgan voqealar haqida.

Öyinni «Yuventus» ança aktiv boşladi, barça jabhalarda «Liverpul»ni ortda qoldirdi. 56-daqiqada esa inglizlar jarima maydonida Bonekni çalib yiqitdilar, Platini esa penaltini aniq amalga oşirdi va bu gol italiyaliklarga ğalaba keltirdi. «Yuventus» futbolçilari maydon böylab zafarli aylanişni rad qildilar, butun jamoa bölib muxlislari ötirgan tribunaga bordilar va tiz çökdilar. Oğir bölgandi juda. Ğalaba quvonçi tragediyaga almaşgandi. Juda köp insonlarning hayotiga zomin bölgan bu ğalaba jamoa tarixidan katta joy olişga haqlimi? Eslanişga arziydimi?

- Ha, - deb javob beradi öşa uçraşuv qahramonlaridan biri Mişel Platini, - bu ğalaba haqida eslab turiş lozim, umuman unutmaslik kerak. Şundagi bu kabi köngilsizliklarning oldi olinişi mumkin.

Umuman turnir boşidan «Yuventus» va «Liverpul» favorit sifatida e'tirof etilgan bölişsa-da, mahalliy matbuot jamoalar haqida tanqidiy materiallar berişdan çarçamasdi. «Yuventus» Kubok egalari kubogini yutgan bölsa-da, jamoada salobat közga taşlanmayotgandi. Kubok egalari kubogi finali «Portu»ga qarşi keçgan uçraşuv haqida ham «Gadzetta delo sport» şunday yozgandi: