Qirğiziston Taşqi işlar vazirligi bugun Qozoğistonga norozilik notasini yubordi. Bu haqda QR taşqi siyosat idorasi xabar qilgan.

Idora ma'lumotlariga köra, Qozoğiston Respublikasining Qirğiziston Respublikasidagi muvaqqat işlar böyiça vakili R.Karibjanova 19 sentabr kuni Olmaota şahrida QR prezidentligiga nomzodlardan biri bilan bölib ötgan uçraşuv tufayli TIVga çaqirtirilgan. 

«Vazirlik Qozoğiston Respublikasi prezidenti N.Nazarboyevning Qirğiziston Respublikasi prezidentligiga nomzodlardan biri bilan ötkazgan uçraşuvi va Qozoğiston rahbari uşbu nomzodga yaqinlaşib kelayotgan saylovlarda qöllab-quvvatlov bildirgani tufayli taajjubga tuşdi», - deyiladi hujjatda.

Qirğiziston TIVning bildirişiça, «döstona Qozoğiston rahbari Qirğiziston içki işlariga aralaşmayotgani haqida ma'lum qilganiga qaramay, uning sözlari Qozoğiston tomonining Qirğiziston Respublikasi bölajak prezidenti böyiça xohişini anglatadi».