2018/19 yilgi Yevropa Çempionlar ligasi finali Madridda ötkaziladi.

Radio Marca xabariga köra, Yevropadagi eng nufuzli turnir ğolibini aniqlaş uçun hal qiluvçi bahsga «Atletiko»ning yangi qurilgan «Vanda Metropolitano» stadioni mezbonlik qiladi. Madrid şahri bu vaqtgaça 4 marta Çempionlar ligasi finalini qabul qilgandi. Bu uçraşuvlarning barçasi «Santyago Bernabeu»da ötkazilgan (1957, 1969, 1980 va 2010 yillarda).

Avvalgi xabarlarda 2019 yilgi finalni qabul qiliş uçun Madriddagi yangi stadionda VIP-lojalar soni kamligi tösiq bölişi, final Bokudagi Olimpiya stadionida ötkazilişi mumkinligi aytilgandi.

Endilikda Bokudagi stadion 2019 yilgi Yevropa Ligasi finaliga mezbonlik qiladigan bölgan.