Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» sobiq forvardi: Neymar Kavaniga qilgan qilig‘ini Messiga qila olmagan bo‘lardi
«Manchester Yunayted» va «Atletiko» jamoalarining sobiq forvardi Diyego Forlan «PSJ»ning ikki o‘yinchisi – hujumchilar Edinson Kavani hamda Neymar o‘rtasidagi mojaro haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Braziliyalik va urugvaylik Fransiya 1 Ligasining 6-turi doirasida «Lion»ga qarshi kechgan o‘yinda (2:0) penalti va jarima zarbalarini kim tepishi haqida bir necha bora tortishib qolishdi. Shuningdek, bu mojaroga himoyachi Dani Alves ham aralashib, jarima zarbasi tepilishidan oldin bu huquqni Kavaniga berishdan bosh tortdi va to‘pni Neymarga uzatdi.
«Kavani hurmatga loyiq. U ko‘p yillardan beri to‘purar hisoblanadi, juda ko‘plab gollar urmoqda, jumladan, penaltidan ham. Neymar o‘zini Messi bilan bunday tutmagan bo‘lardi. U Kavani penalti tepishiga qarshi norozilik bildirib, o‘zini yosh bola kabi tutdi.
Bu mojaro faqat Neymar va Kavani o‘rtasida, bunday holat barcha klublarda uchraydi. Alvesning harakati esa umuman tushunarsiz", - deya Forlanning so‘zlarini keltiradi Marca.
Mavzuga oid
14:09 / 09.02.2026
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Inter», «Bavariya» va «PSJ» raqiblarini yo‘q qilmoqda
12:33 / 02.02.2026
«MYu»da kambek, «Siti» darvozasiga yil goli, «Real» amalladi. Kun o‘yinlari
05:08 / 21.01.2026
«Siti» yana yutqazdi, «Real» 6 ta gol urdi. Kun o‘yinlari
12:15 / 18.01.2026