2017 yilning 20 sentabr kuni Nyu-York şahrida Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdan taşqari majlisi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi saytida xabar berilgan.

ŞHTning Ostona şahrida bölib ötgan Sammitidan keyingi birinçi majlis Xitoy Taşqi işlar vaziri Van I raisligida ötkazildi va unda taşqi siyosat idoralari rahbarlari Suşma Svaraj (Hindiston), Havaja Mohamad Asif (Pokiston), Erlan Abdildayev (Qirğiziston), Qayrat Abdrahmanov (Qozoğiston), Sergey Lavrov (Rossiya), Sirojiddin Aslov (Tojikiston) va Abdulaziz Komilov (Özbekiston) iştirok etdi. 

Majlis davomida ŞHTni rivojlantirişning ustuvor yönalişlari Hindiston va Pokistonning taşkilotga teng huquqli a'zo sifatida qöşilişlari nuqtai nazaridan muhokama qilindi va xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almaşildi. 

Vazirlar ŞHTning BMT va boşqa köp tomonlama taşkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş istiqbollarini ham körib çiqdilar. 

Majlis yakunlariga köra Kengaşning axboroti va taşkilotning joriy faoliyatiga doir masalalar yuzasidan qator qarorlari qabul qilindi.