Jizzax viloyati, Şarof Raşidov tuman, Uçtepa dahasidagi 32-maktabda Yoşlar ittifoqi yetakçisi bölib işlagan 39 yoşli Gulzoda Tojiboyeva paxtadan qaytaëtganida avtobus urib ketişi natijasida halok böldi.

KUN.UZ manbasi ma'lumot berişiça, fojia 16 sentabr kuni röy bergan. Marhuma Paxtakor-Jizzax yölida Isuzu rusumli avtobus ostida qolgan, u voqea joyida vafot etgan.

Ayni vaqtda Şarof Raşidov tuman IIB uşbu hodisa yuzasidan jinoyat işi oçgan.

Gulzoda Tojiboyeva 17 sentabr kuni dafn qilingan.

Tojiboyevani yaqindan tanigan 32-maktab öqituvçilaridan biri uşbu hodisa keçqurun soat 20:00dan keyin röy bergani, terimçilar şu kuni paxta dalasidan juda keç qaytişgani haqida aytib bergan.

Bu fojia haqida Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi rasmiy munosabat bildirmadi.

KUN.UZ bu masalada izoh sörab, Özbekiston Yoşlar ittifoqi Markazi Kengaşida işlovçi (ism-familiyasi KUN.UZga ma'lum) xodim bilan boğlanganida, u G.Tojiboyeva maktabda Yoşlar ittifoqi yetakçisi vazifasida biroz muddat işlagani, lekin ma'lumoti oliy bölmagani tufayli sentabr oyidan bu vazifaga 1991 yilda tuğilgan boşqa yigit, Orziqul Egamberdiyev işga qabul qilingani, şundan söng fojia röy bergan vaqtgaça G.Tojiboyeva Yoşlar ittifoqiga aloqador bölmaganini aytdi. ÖzYoI MK xodimi G.Tojiboyevaning örniga tayinlangan yetakçi bilan gaplaşganini bildirdi, şuningdek, G.Tojiboyeva şanba kuni öz ixtiyori bilan, pul işlaş maqsadida paxtaga çiqqani ta'kidlab ötildi.

Masalaga oydinlik kiritiş uçun viloyatdagi manbalarimizga qönğiroq qilganimizda, ular G.Tojiboyeva oliy ma'lumotli (!) bölgani va fojia röy bergan kungaça maktabda Yoşlar ittifoqi taşkiloti yetakçisi lavozimida işlaganini tasdiqladi. Faqat yoşlar ittifoqi yetakçilari paxta mavsumida uyuşmagan yoşlar bilan işlaş otryadlariga biriktirilgani bois, şanba kuni G.Tojiboyeva maktabning texnik xodimlari tarkibida emas, öz xohiş-ixtiyori bilan pul işlaş maqsadida paxta dalasiga çiqqanini ta'kidlaşdi.

Lekin köp vaqt ötmasdan, XTB özini inkor qila boşladi. Jizzax viloyat, Ş.Raşidov tuman XTB mudiri D.Nosirov şu voqea böyiça tarqalgan xabarlar böyiça ma'lumotnoma bergan.

Endi Gulzoda Tojiboyeva paxta terimi boşlanişi arafasida lavozimdan böşagani, 2 sentabr kuni u bilan tuzilgan mehnat şartnomasi şartlariga özgartirişlar kiritilgani, iş yurituvçi sifatida faoliyat körsatişni boşlagani, 7 sentabr kunidan tuman mudofaa bölimiga 1 oy muddatga xizmat safariga yuborilgani aytildi. Şuningdek, Tojiboyeva 16 sentabr kuni öz iş joyiga çiqmagani, u paxtaga öz xohişi bilan mahalla faollariga qöşilib çiqqaniga urğu qaratilgan.