Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 18-20 sentabr kunlari Amerika Qöşma Ştatlarida böldi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 19 sentabr kuni BMTning Nyu-York şahridagi boş qarorgohida Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş kotibi Antoniu Guterriş bilan uçraşdi.

Şavkat Mirziyoyev Antoniu Guterrişga BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erişişning "yöl xaritasi" bölgan 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini qöllab-quvvatlayotgani uçun minnatdorlik bildirdi.

Prezidentimiz Strategiya doirasida davom ettirilayotgan keng miqyosli yangilanişlar töğrisida sözlab berdi. Jumladan, boş maqsadi "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilişi kerak", degan ğoyani hayotga tatbiq etişdan iborat Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi tasdiqlandi. Valyuta siyosatining liberallaştirilişi amalda ta'minlanmoqda.

Şavkat Mirziyoyev Antoniu Guterriş bilan mamlakatimiz va BMT örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari, mintaqaviiy masalalar böyiça fikr almaşdi. «Markaziy Osiyo mintaqasi – taşqi siyosatimizning boş ustuvor yönalişi», deb alohida ta'kidladi davlatimiz rahbari.

Özbekiston Prezidenti BMT Boş kotibini 2017 yil 10-11 noyabr kunlari Samarqand şahrida ötkaziş rejalaştirilgan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror taraqqiyotning dolzarb masalalari böyiça xalqaro anjumanda şaxsan iştirok etişga taklif qildi.

Antoniu Guterriş joriy yil iyun oyida Özbekistonga taşrifi çoğida körsatilgan mehmondöstlik va samimiy qabul uçun Şavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi. Samarqandda bölib ötgan muzokaralar yakunlarini yuksak baholadi. 2017-2020 yillarda BMT, jumladan, Inson huquqlari böyiça Oliy komissar boşqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça amaliy çora-tadbirlar rejasi qabul qilinganiga alohida e'tibor qaratildi.

BMT Boş kotibi Özbekiston Prezidentining Boş Assambleyaning 72-sessiyasidagi nutqi nihoyatda mazmundor bölganini ta'kidladi. Antoniu Guterrişning fikriça, davlatimiz rahbari BMTning yuksak minbaridan turib bildirgan taşabbuslar muhim ahamiyatga ega va öz vaqtida ilgari surildi. Boş kotib uşbu taşabbuslarni xalqaro maydonda ilgari surişga kömaklaşişga tayyorligini qayd etdi.

BMT rahbari mamlakatimiz tomonidan mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş va mustahkamlaş, şuningdek, Afğonistonni qayta tiklaşga kömaklaşiş böyiça körilayotgan aniq çora-tadbirlarni yuqori baholadi.