Jahon savdo taşkiloti dunyo savdo körsatkiçi ösişiga doir taxminlarini özgartirdi. Unga köra, 2017 yilda jahon savdosi 2,4 foiz emas, 3,6 foiz ösadi, deyiladi taşkilot saytida e'lon qilingan bayonotda. 

JSTning 2017 yil uçun avvalgi taxmin 2,4 foizni taşkil etgan edi. Bunda 1,8 foizdan 3,6 foizlik çegara belgilangandi. Ekspertlar strategik va iqtisodiy işonçsizlik mavjudligini qayd etişgan edi. Yangi baholaş Osiyo mamlakatlari mintaqasi hamda Şimoliy Amerikada savdo hajmi keskin oşişi bilan boğliq. 

JST global savdo miqdori yanada ösişi hamda 3,2-3,9 foiz oraliğidagi raqamni taşkil etişi mumkinligini inkor etmayapti. Ammo mamlakatlar savdo siyosati özgarişi, tabiiy ofatlar hamda geosiyosiy keskinlar oqibatida pasayiş ehtimoli ham yöq emas. 

JST taxminlariga köra, 2018 yili jahon savdo hajmi 3,2 foizga ösişi mumkin. Uning oraliği 1,4-4,4 foiz örtasida böladi. Bunda global YaIM 2,8 foizlik barqaror ösişni saqlab qoladi.