O‘zbekiston | 10:47 / 22.09.2017
6597
1 daqiqa o‘qiladi

Ximiklarni Nobel laureatlari yig‘ilishiga yuborish uchun tanlov e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnologiyalar Agentligi 2018 yilning 24-29 iyun kunlari Germaniyaning Lindau shahrida Tibbiyot fanlari bo‘yicha Nobel laureatlarining 68-yig‘ilishida ishtirok etish uchun iqtidorli, intiluvchan va faol, tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar va talabalar orasida tanlovni e'lon qiladi. Bu haqda Fan va texnologiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilgan.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar shu yilning 1 oktabriga qadar o‘z nomzodlarini ko‘rsatgan holda kerakli hujjatlar bilan fan@uzscience.uz elektron manziliga jo‘natishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha barcha xarajatlar qoplanadi.

Mavzuga oid