Şahloxon Turdiqulova innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, innovatsion rivojlaniş vazirining örinbosari etib tayinlandi. Olimjon Töyçiyev esa innovatsion rivojlaniş vazirining örinbosari lavozimidan ozod etildi.

Foto: Telegram/nigoh_01

Hozirça vazirlik bu ma'lumotni rasman tasdiqlamagan. Innovatsion rivojlaniş vazirligi saytida jami beşta vazir örinbosarlari örnidan ikkitasi böş (vakant) körsatilgan, yana bir vazir örinbosari lavozimida 2018 yildan buyon Oybek Norinboyev işlab kelmoqda.

Şahloxon Turdiqulova 2018-2020 yillarda Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi  Ilğor texnologiyalar markazi direktori bölgan, prezidentning 2020 yil oktyabridagi qarori bilan Innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.

Olimjon Töyçiyev 25 yoşida, 2017 yil yozida «Kamolot» YoIH qurultoyida Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan Fan va texnologiyalar agentligi boş direktorining örinbosari etib tayinlangan edi. U 2018-2019 yillarda Innovatsion rivojlaniş vazirligi Fan, ta'lim va işlab çiqarişni integratsiya qiliş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan. Özbekiston prezidentining 2019 yil noyabridagi qarori bilan Innovatsion rivojlaniş vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib ötamiz, prezident qaroriga muvofiq, Innovatsion rivojlaniş vazirligi markaziy apparatining tuzilmasiga özgartirişlar kiritilib, 5 nafar vazir örinbosari lavozimlaridan faqat 1 nafar vazir örinbosari lavozimi qoldirildi.