FIFA 2017 yilning eng yaxşi murabbiyi böliş uçun da'vogar bölgan sönggi uç nafar nomzod nomini e'lon qildi. Bu haqda taşkilot rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Unga köra, «Real» boş murabbiyi Zaynidin Zidan, «Yuventus» ustozi Massimiliano Allegri va «Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte nomzodlari ğoliblik uçun kuraş olib boradi.

Zidan «Real» bilan YeÇL va Ispaniya çempionatida zafar quçgan bölsa, Konte «Çelsi»ni birinçi mavsumidayoq APL çempioniga aylantirgandi. Allegri esa «Yuve» bilan YeÇL finaliga yetib kelgan va Italiya çempioni bölgan.