Venesuela prezidenti Nikolas Maduro BMT Boş assambleyasiga xavfsizlik nuqtai nazaridan bormaganini ma'lum qildi. Bu haqda Noticieros Televisa telekanali xabar bermoqda.
Maduroning aytişiça, u öziga suiqasd uyuştirmoqçiligidan xabar topgan.
"Men bu yil BMTga xavfsizlik nuqtai nazaridan bormaslikka qaror qildim, çunki AQŞda hokimiyatga ega bölgan ekstremistlar tomondan menga hujum qilinişi mumkinligidan xabar topdim", deb aytgan Maduro Aragua ştatida mehmonxona oçilişi marosimida.
Avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp BMTdagi nutqi davomida Maduroning "sotsialistik diktaturasi"ni tanqid qilgandi.












