Özbekiston çempionatining 22-turidan örin olgan «Şörtan» va «Navbahor» jamoalari örtasidagi uçraşuvni boşqarib borgan toşkentlik hakam Olim Tolibjonov uçraşuv nazoratçisi tomonidan «ikki» bahoga loyiq körilgan.

PFL rasmiy sayti bergan qaydnomaga köra, nazoratçi Abdullayev Tolibjonovga 4.0 ball qöygan. Bu oddiy til bilan aytilganda «ikki» bahoga teng deganidir. Qanot va zaxira hakami esa odatdagidek nisbatan yuqori ballar olişgan.

Ma'lumot uçun uçraşuvda 3:3 hisobidagi durang qayd etilgan. Hozirça Tolibjonov qanday qarorlari evaziga bu qadar past bahoga loyiq körilgani ma'lum emas.

Eslatib ötamiz, hafta boşida «Buxoro» va «Dinamo» uçraşuvini boşqarib borgan Rustam Bobomurodov ham nazoratçi tomonidan 4.0 ballga loyiq körilgan, keyinroq ÖFF prezidentiga hakamning ustidan tuşgan e'tirozlar natijasida taşkilot Bobomurodovni butun umrga hakamlikdan çetlatgandi.