GO Keyboard klaviaturasi —  Android'ning eng maşhur ilovalaridan biri: uning butun dunyo böylab umumiy auditoriyasi 200 milliondan ziyodni taşkil qiladi. Yaqinda Adguard'dagi xavfsizlik tadqiqotçilari GO Keyboard foydalanuvçilarning ma'lumotlarini öğirlab, ularni köplab boşqa serverlarga yöllaganini aniqlaşdi. Şuningdek ilova "xavfli ijro kodini yuklaş uçun taqiqlangan texnikadan foydalanadi".

GO Keyboard qanday ilova?

GO Keyboard klaviaturasi Google Play dökonida ikki xil variantda mavjud - 4,5 yulduzli reytingga ega GO Keyboard Emoji klaviaturasi va 4,4 yulduzli reytingga ega GO Keyboard Emoticon. Ma'lum bölişiça, foydalanuvçilar yuqori baho qöygunga qadar ular şaxsiy ma'lumotlarni öğirlaşar ekan.

Google qayerga qarayapti?

Google siyosatiga muvofiq, dex fayllari yoki Google'dan boşqa manbadan şaxsiy kod kabi ijroçi kodning yuklanişi taqiqlangan. GO Keyboard işlab çiqaruvçilari esa ilovaning Google Play Store'dagi ta'rifida bu yöl bilan heç qanday ma'lumot töplanmasligini aniq qayd etib ötişadi. GO klaviaturasi foydalanuvçining ruxsatisiz quyidagilarni noma'lum serverlarga uzatgan:

  • Elektron poçta;
  • Tizim tili;
  • IMSI;
  • Joylaşuv joyi;
  • Tarmoq turi;
  • Ekran hajmi;
  • Android versiyasi va yiğmasi;
  • Qurilma modeli.

Ma'lumotlaringiz qayerga ketadi?

Bu ma'lumotlarning ba'zilari jinoyatçilar va xakerlar, hatto işlab çiqaruvçilar uçun ham foydali bölişi mumkin. Ular şu tariqa fişing va boşqa hujumlar töğri joy va tilga yönalganiga işonç hosil qilişlari mumkin. Android versiyasi va yiğmasi ham ularga aynan qanday ziyon yetkazuvçi DTni yöllaşni aniqlaşga imkon beradi.

GO Keyboard sizdan yaşirib nima yuklamoqda?

Adguard hisobotiga köra, ilova örnatilişi bilanoq tarmoqdan 14 Megabaytdan ortiq ma'lumot bilan bölişa boşlaydi, ularning ba'zilari reklama yoki salohiyatli noma'qul dasturlar (PUP) sifatida antiviruslar bilan belgilanadi. Şuningdek ilova qurilmangizdagi konfidetsial ma'lumotlarga kiriş imkoniga ega böladi - telefon qönğiroqlari jurnali, mikrofon va telefon raqamlari kitobi şular jumlasidandir.