Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti Donald Tramp Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni AQŞga taşrifi bilan qutladi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.

Mazkur tabrik maktubi davlatimiz rahbari şarafiga şu yil 21 sentabr kuni taşkil etilgan Özbekiston va AQŞ işbilarmon doiralari vakillari iştirokida ötkazilgan qabul marosimida öqib eşittirilgan.
Qutlov izçil rivojlanib borayotgan Özbekiston va AQŞ munosabatlarining bugungi holatini ifoda etib, ikki davlat Prezidentlarining mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş maqsadida yakdilligini tasdiqladi.
Quyida uşbu tabrik matni e'lon qilinmoqda.
Oq uy,
Vaşington şahri,
2017 yil 20 sentabr
Melaniya va men Özbekiston Respublikasi elçixonasi hamda Amerika-Özbekiston savdo palatasi tomonidan taşkil etilgan qabul marosimining barça qatnaşçilarini tabriklaymiz.
Amerika xalqi nomidan Prezident Şavkat Mirziyoyevni Amerika Qöşma Ştatlariga taşrifi bilan çin dildan qutlaymiz. Özbekiston 1992 yildan buyon xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaş, Markaziy Osiyo mintaqasini taraqqiy ettiriş böyiça umumiy sa'y-harakatlarimizda muhim şerikka aylandi.
Amerika Qöşma Ştatlari iqtisodiyotga sarmoya kiritiş orqali hamda madaniy aloqalar va turli darajadagi hamkorlik asosida davlatlarimiz örtasidagi munosabatlarni mustahkamlab kelayotgan özbekistonlik şeriklarimiz faoliyatini qadrlaydi. Qöşma Ştatlar özaro döstlik riştalarini rivojlantiriş va kelgusi avlodlar uçun imkoniyatlarni kengaytiriş yölida olib borilayotgan işlarni davom ettiradi.
Qabul marosimi barça qatnaşçilar uçun sermazmun ötişini tilayman.











