“Fidoying bölgaymiz seni, Özbekiston!" şiori ostida taşkil etilgan “Yoşlar poyezdi” aksiyasi tarğibotçilar guruhi Çimboy tumanida imkoniyati çeklangan yoşlar holidan xabar olişdi. Bu haqda Kruz.uz yozmoqda.
Qayd etilişiça, dastlab bolalikdan imkoniyati çeklangan qizga uning onasi tikuv maşinasi berişlarini söradi. Biroq, Özbekiston Psixologlar Assotsiatsiyasi a'zosi Jiyanboyev Abdumalik qiz bilan suhbatlaşganidan söng, unga tikuv maşinasi bilan işlaş mumkin emasligini aniqladi. Şu tariqa, bu qiz bilan psixologlar alohida şuğullanadi va şunga qarab unga boşqa sovğa beriladigan böldi.
Şundan söng, tarğibotçilar 4 yaşar imkoniyati çeklangan bolaning holidan xabar olişdi. Psixolog va şifokorlar bola bilan suhbatlaşib, uning kasalini aniqlaşganidan söng, Özbekiston Yoşlar Ittifoqiga uşbu bolani Isroil davlatida davolanib kelişi uçun pul ajratişni yoki Özbekistonga taşrif buyurgan xorijlik şifokorlarning bolani davolaşiga yordam berişini taklif sifatida kiritadigan bölişdi.

Tarğibotçilar guruhi yana bir xonadonga taşrif buyurişdi. Uşbu uyda yaşovçi ayol imkoniyati çeklangan qizi borligini, öğli esa bu yil kollejni bitirganini, biroq u işga joylaşa olmayotganligi ta'kidladi. Mazkur masala tuman hokimligi tomonidan hal qilib beriladigan böldi.

















