Nyu-Yorkda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan tarafdorlari uning nutqiga xalaqit qilmoqçi bölgan erkakni döpposlab ketişdi. Bu haqda The New York Times naşri xabar bermoqda.
Voqea Erdöğanning Marriott Marquis mehmonxonasida AQŞdagi turk diasporasi bilan uçraşuvida yuz bergan. Erdöğan nutq sözlayotgan vaqtda zaldagi bir erkak örnidan turib, "Sen terrorçisan. Mening davlatimdan yöqol!" deb baqira boşlagan. Uni zaldagi bir neça kişi qöllab-quvvatlagan.
Erdöğan tarafdorlari esa norozilarning ovozini öçiriş uçun Turkiya prezidentining nomini aytib hayqira boşlaşgan. Şunda Erdöğan tarafdorlari va unga qarşilar orasida töpolon çiqqan. Töpolonni xavfsizlik xizmati xodimlari bostirişgan. Ular janjalkaşlarni zaldan olib çiqib ketişgan.
Norozilik aksiyasi iştirokçilaridan birining aytişiça, ularning maqsadi "Turkiyaning harbiy jinoyatlari va kurd xalqiga qarşi inson huquqlarini buzişiga e'tiborni qaratiş" bölgan.
Nyu-York politsiya departamentining ma'lum qilişiça, 5 nafar namoyişçi vaqtinçalik hibsga olinib, qöyib yuborilgan. Voqea oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Bunday köngilsiz hodisa Turkiya prezidentining AQŞga taşrifi vaqtidagi birinçisi emas. May oyida Turkiyaning Vaşingtondagi elçisi qarorgohi yonida Erdöğan qöriqçilari va unga qarşilar orasida janjal çiqqandi. Ta'kidlanişiça, voqea joyida bölgan Erdöğan uning qöriqçilari namoyişçilarni döpposlayotganlarini şaxsan kuzatib turgan. Öşanda AQŞ davlat departamenti uşbu hodisa yuzasidan Turkiyaga norozilik bildirgandi. Anqara esa öz nomiga bildirilgan ayblovlarni tan olmagan va bu hodisa AQŞ hukumati zaruriy xavfsizlik çoralarini körmagani sabab yuz berganini aytgan.











