Yangi Zelandiyadagi parlament saylovlarida hukmron Milliy partiya ğolib böldi. Bu partiya oxirgi 9 yil davomida yetakçilikni saqlab kelmoqda.

100 foiz byulletenlar hisob-kitob qilingandan keyin partiya 46 foiz ovoz olgani ma'lum böldi. Şu tariqa, bu partiyani bir million kişi qöllab-quvvatlagan. Endi partiya parlamentdagi 120 ta örindan 58 tasiga umid qilişi mumkin.

2-örinni Leyboristik partiya 35,8 foiz ovoz bilan egalladi va unga parlamentdagi 45 örin tegadi.  

Bu partiyalardan har biri boşqa partiyalar bilan koalitsiya tuzişiga töğri keladi, çunki ular parlamentda hukumatni şakllantiriş uçun zarur bölgan mutlaq köpçilikni olişa olmagan.

Hammasi bölib saylovlarda mamlakatning 2,1 mln aholisi iştirok etgan. Yakuniy natijalar saylov komissiyasi tomondan 7 oktabrda çop etiladi.