Angliya premer-ligasining 6-turidan örin olgan yana bir qator uçraşuvlar bölib ötdi. Unda turnir jadvalida dastlabki uçta örinni egallab turgan jamoalar öz öyinlarini bir vaqtda ötkazişdi.

«Mançester Siti» öz uyida «Kristal Pelas»ni qabul qilib, yana yirik hisobda ğalaba qozondi. Rahim Sterlingning dubli, Sane, Aguero va Delfning gollari «şaharliklar»ga 5:0 hisobidagi ğalabani taqdim etdi. 

Mançesterning boşqa bir jamoasi «Yunayted» esa bu turda katta qiyinçiliklarga duç keldi. Jamoa «Sauthempton» uyida Romelu Lukakuning yagona goli evaziga qiyin ğalabani qölga kiritdi. Öz navbatida «Çelsi» esa Alvaro Morataning het-triki yordamida «Stok Siti» uyidan yirik ğalaba bilan qaytdi.

Turnir jadvalida «Mançester Siti» 16 oçko va 21-2 töplar nisbati bilan peşqadamlik qilmoqda. «Yunayted» esa 16 oçko 17-2 töplar nisbati bilan ikkinçi, 13 oçko jamğargan «Çelsi» esa 13 oçko bilan 3-poğonani band etgan.

Turning qolgan uçraşuvlarida «Everton» Umar Nyassening dubli evaziga irodali ğalabani qölga kiritgan bölsa, «Uotford» «Suonsi» uyida sönggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga ğalabani ilib ketdi. «Byornli» liga debyutanti «Haddersfild» bilan keçgan öyinda ğolib nomi aniqlanmadi.

Angliya premer-ligasi, 6-tur

Mançester Siti – Kristal Pelas 5:0 (1:0)

Gollar: Sane (44), Sterling (51, 59), Aguero (79), Delf (89).
Mançester Siti: Ederson, Stounz (Delf, 70), Mendi (Danilo, 29), Uoker, Otamendi, Silva, Fernandino, Sterling (Bernardu Silva, 61), de Bryuyne, Sane, Aguero.
Kristal Pelas: Hennessi, Sako, Denn, van Anxolt, Fosu-Mensa, Taunsend, Şlupp, Milivoyeviç, Kabay (Pançon, 57), Loftus-Çik, Benteke (Sako, 72).
Ogohlantirişlar: Mendi (25), Danilo (56), Sane (75), Şlupp (76).

Sauthempton – Mançester Yunayted 0:1 (0:1)

Gol: Lukaku (20).
Sauthempton: Forster, Yosida, Bertran, Soareş (Uord-Prouz, 83), Xudt, Romeu, Lemina, Devis (Gabbyadini, 73), Tadiç, Redmond, Long (Ostin, 83).
Mançester Yunayted: De Xea, Djons, Bayi, Valensiya, Mata (Errera, 62), Yang, Fellayni, Matiç, Mxitaryan (Smolling, 75), Reşford (Blind, 90), Lukaku.
Ogohlantirişlar: Long (37), Yang (43), Valensiya (69), Lukaku (82), Errera (88).