Misrning yangi ma'muriy poytaxti kelgusi yilning oxiriga borib hukumat muassasalarini qabul qilişga tayyor böladi. Qohiradan şarqqa tomon 45 kilometr masofada Yangi Qohira loyihasining qurilişi ketmoqda. Bu haqida yakşanba kuni "Al-Ahram" gazetasi xabar berdi. 

"2018 yil oxiriga borib vazirliklar, hukumat muassasalari va prezident kantselyariyasi u yerga köçişi mumkin böladi", - dedi boş vazir Şarif Ismoil. Boş vazir şu tariqa tirbandlik va 20 millionli aholi ziçligidan "jabrlanayotgan" şaharni imkon qadar böşatişga umid qilmoqda. Uning sözlariga köra, yaqin orada keng kölamli loyiha doirasida sarmoyaçilar uçun bir neça turar-joy va ma'muriy quriliş uçastkalarini ajratiş rejalaştirilmoqda. 

Ta'kidlaş joizki, Misrning yangi ma'muriy poytaxtiga doir reja haqida 2015 yilning martida e'lon qilingan.

Suvayş kanaligaça çözilgan va dunyoning eng maşhur biznes-markazlari bilan bellaşa oladigan Yangi Qohira loyihasi 45 milliard dollarga baholanadi. U 700 kvadrat kilometrli maydonda joylaşadi. Hozirgi poytaxt ma'muriy poytaxt bilan temir yöl tarmoği orqali boğlanadi, şuningdek havo porti va Yaqin Şarqdagi eng yirik köngiloçar park ham işga tuşiriladi. Bundan taşqari, u yerda 40 ming nomerli osmonöpar mehmonxonalar va 25 daha barpo etiladi. 

Bunday katta loyihaning amalga oşişi poytaxtdan 5 million kişini köçiriş imkonini beradi, hukumat muassasalari, parlament va prezident qarorgohi, şuningdek diplomatik hududlarga köçib keluvçi amaldorlar ham şular jumlasidandir. U yerda hozirning özidanoq köçmas mulkni xarid qiliş mumkin, 2018 yilning örtalaridan boşlab Yangi Qohiraga köçişni boşlaş kutilmoqda.